Bir ayol qimmatbaho kiyimlar sotiladigan do'konga kirishda eshik og'zida turgan faqir bir erkakka ko'zi tushdi. U eshikka suyanganicha kiyimlarga termulib turar edi.
Ayol erkakni do'kon ichiga chaqirib, kiyimlar orasidan o'ziga yoqqanini tanlab olishi mumkinligini aytdi. Erkak uyalib qarshisida turgan bolalar kiyimiga qaradi.
Ayol esa uni tushunib, sotuvchidan o'sha kiyimdan ikki juftini xaltaga solib berishini so'radi. O'zi esa chetroqdan haligi erkakning quvonchini kuzatib turdi. Birozdan keyin erkak kiyimlarni qo'liga olib, ayolga ko'p rahmatlar aytgancha dukondan chiqib ketdi. Ayol esa kiyimlar pulini to'lash uchun to'lov chekini so'radi. Chekni qo'liga olgan ayol kutilmaganda boshqa yozuvga ko'zi tushdi.
Do'kon egasi unga shunday yozib qo'ygan edi:
«Bizda insoniylik qiymatini o'lchay oladigan apparat yo'q!»