Qiz: nega bugun uyquga töymagan ayiqpolvonga öxshab mudrab ötiribsiz?
Joylandi: 29.12.21 / 22:49
Qiz: nega bugun uyquga
töymagan ayiqpolvonga öxshab
mudrab ötiribsiz?
Yigit: uyquga töymadimda.
Qiz: nega uyquga töymadingiz?
Yigit: uxlolmadim.
Qiz: nega uxlolmadingiz?
Yigit shoshib nigohlarini boshqa
tarafga qaratdida. - qara
yomg'irni yog'ishini! Bugun
yomg'ir ostida sayr
qilmaymizmi?
Qiz bu taklifni jon deb qabul
qildi-yu, xozirgina bergan savoli
esdan chiqdi. Shuni istagandi
yigit.
Qiz uning nima uchun kechasi
uxlolmaganini, uxlash örniga
qurulishda ter tökib
restorandagi tushlik uchun pul
ishlaganini, har hafta qizga gul
sovg'a qilish uchun mardikor
bozoriga chiqishini,
bayramlarda qon topshirgani
borib, evaziga olgan puliga qiz
uchun eng ajoyib sovg'alarni
xarid qilishini bilishini istamasdi.
U bular xaqida xech qachon
bilmasligi kerak edi. Uning
birgina tabassumiga arzimasdi
bularning xech biri...