Kasod (Bankrot) bo'lmaslikning oddiygina qoidalari
Joylandi: 04.04.22 / 23:39
Germaniyalik Bodo Shefer 16 yoshida tug‘ilgan shahri Kelndan bir dunyo orzu-umidlar bilan AQShga, Kaliforniyaga jo‘nadi. Bir o‘zi, na mablag‘, na ma’lumoti bor, boz ustiga inglizchani ham tuzukroq tushunmasdi.
Begona mamlakatda o‘z o‘rnini topish uchun urindi-chirandi, ammo oradan 10 yil o‘tib yo‘l qo‘ygan xatolari oqibatida ishi orqaga ketib, 75 ming dollar qarz bo‘lib qoldi.
Salkam 3 yilda amerikalik murabbiyi yordamida Shefer hayotida ilk bor 100 ming dollar ishlab topdi. Shundan so‘ng mablag‘ini ko‘paytirib, millionga yetkazdi va o‘zi ham biznes sohasida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga qodir ajoyib maslahatchiga aylandi. Sheferning badavlat bo‘lish va kasodga uchramaslik borasidagi 7 qoidasi qo‘yidagilardan iborat.
1.Daromadingizdan 25% va sof foydadan 50 % ni alohida yig‘ib boring.
To‘plagan mablag‘ingizni kelajagi bor ishlarga tikishga harakat qiling. Bankdagi mablag‘ingiz sizga daromad keltirmaydi, pul qadrsizlanishidan saqlaydi, xolos.
1.Iqtisod qiling.
Tejash va mablag‘ tikish orqali bir necha yil davomida milionerga aylanish mumkin. Hoyu-havaslarga berilish sizni hech qachon badavlat qilolmaydi.
3.Pullarni yaxshi ko‘ring.
Pullarimizga nisbatan yomon munosabatda bo‘lish omadsizligimiz omillaridan biri. Ularni asrang. “Hayot lazzatlaridan bebahra bo‘lish kerak”, deb aytayotganimiz yo‘q, bor-yo‘g‘i har narsada ham me’yor kerakligini eslatmoqchimiz.
1.7-10 yilga mo‘ljallangan moliyaviy rejangizni tuzing.
Nimaga intilayotganingiz, bir, uch, besh yildan keyin qancha ishlab topmoqchi ekanligingiz va buning uchun nimalarni amalga oshirishingiz lozimligini aniq belgilab oling.
1.Orzularingiz mayda bo‘lmasin, keng fikrlang.
Millionlar, kerak bo‘lsa, milliardlar va ulkan muvafaqiyat haqida orzu qiling. Katta orzuni kichik maqsadlarga bo‘ling va qadam-baqadam ularga erishib boring.
1.Fikrlashingiz milliarder yoki millionerlarniki kabi bo‘lsin.
Badavlat kishilar kabi fikrlashga, mushohada yuritishga harakat qiling.
1.O’zingizga ishoning.
Odamlar va pullarni o‘ziga ishongan kishilar jalb etadi. Hatto ishlaringiz yurishmayotganda ham o‘zingiz va muvaffaqiyatingizga ishonchingizni yo‘qotmang (26 yoshimda kasodga uchrab, bor-budimdan ajralganman, ammo hayot zarbalaridan esankiramay, oyoqqa turish va millionerga aylanishga o‘zimda kuch topa oldim).
Omadingizni bersin!