Ibrat****
Kunlarning birida xalifa Horun ar- Rashid Bahlul Donoga shunday dedi:
— Agar mening savolimga to‘g‘ri javob bersang, ming oltin dinor beraman, agar xato quilgudek bo‘lsang, soqol va mo‘ylovingni qirdirib, eshakka o‘tkazib bozor va ko‘chalarda hammaga sazoyi qilaman.
— Menga hech qanday boylik yoki oltin dinor kerak emas. Ammo men savolingizga to‘g‘ri javob bersam, siz pashshalarga bizni endi bezovta qilmasligini buyura olasizmi?
Horun ar-Rashid biroz o‘ylanib qoldi va javob qaytardi:
— Pashshalarni nazorat qilishning umuman iloji yo‘q-ku.
Shunda Bahlul dedi:
— Pashshadek kichkina mavjudotga ham gapi o‘tmaydigan insondan yana nimani kutish mumkin?!