Olti yoshli bolakay tarbiyachisining tirnoqlariga qarab:
—Sizning shunday uzun tirnoqlaringiz bor ekan…—Ha, senga yoqdimi?—Yoqdi, menimcha daraxtga chiqish uchun qulay....
Bolakay mushuk bilan o‘ynab turib, unga:—Bilasanmi, odamlar dunyosida mo‘ylovli ayollarni uncha yoqtirishmaydi, — dedi....
3 yoshli bolakayning qulog‘ini tekshirishyapti.
Shifokor sekin pichirlab:—Shirinliklar, — dedi.Bolakay ham pichirlab:—Menga mumkin emas, oyim urushadilar, — dedi....
Bolakay qandlarni saralayapti:
—Ayiq tamlisi, ilon tamlisi, qizil qalpoqcha tamlisi….
4 yoshli bolakay xonada o‘ynab yuribdi. Televizorda esa film namoyish qilinmoqda, unda bosh qahramon sevganiga qarab, “Seni ko‘rsam, ichimda g‘alati tuyg‘u paydo bo‘ladi” — desa, bolakay:
—Ex do‘stim, ichingda qurting bor ekan....
Oyisi yangi paltosini kiyib ko‘rayotganda, unga qizalog‘i:
—Oyi siz bu paltoda juda chiroyli ko‘rinarkansiz, — dedi.—Rostdanmi? — xursand bo‘lib ketdi ayol.—Ha rostdan, uni kiysangiz, xuddi ovcharkaga o‘xshaysiz….
5 yoshli qizaloq kitob o‘qishga urinib ko‘rdi, eplay olmadi:
—Axmoq, men axmoqman, — dedi oyna yonida turib.Keyin jim bo‘lib qoldi va:—Lekin chiroyli, — deb qo‘shib qo‘ydi....
Ikki yoshli qizaloq stol ustidagi likopchani turtib yubordi va likopcha yerga tushib sindi. Qizaloq yig‘lashni boshladi. Otasi undan:
—Nega yig‘layapsan, — deb so‘radi.—Likopchani sindirib qo‘ydim, — dedi qizaloq.—Bu qanday bo‘ldi? — so‘radi otasi.Qizaloq yana bitta likopchani olib, yerga tushurib yubordi-da, “Mana, mana shundoq bo‘ldi” — deb javob berdi.
O‘g‘lim SMSlar yozyapti:
1. Oyi, siz dunyodagi eng yaxshi odamsiz!
2. Oyi, sizni yaxshi ko‘raman!
3. Oyi, nazorat ishidan 2 oldim…
—Og‘zingni yum va ovqatingni ye! Bola otasiga biroz qarab turdi-da:—Unda ovqatni burnimda yeymanmi? — deb so‘radi....