OLMA ENG XAVFLI XASTALIKLARDAN INSONNI HIMOYa QILADI!!!
Joylandi: 30.07.22 / 22:34
Fransiya dietologlari navbatdagi tadqiqotni olmaga bag'ishlashdi. Tadqiqotlar davomida bu mevaning eng foydali xususiyatlari aniqlandi. Ma'lum bo'ldiki, olma birinchi navbatda gemoglabinni ko'taradi, nafas qisish xastaligini nari haydaydi. Bundan tashqari, Alsgeymer, onkologik xastaliklar, yosh o'tishi natijasida paydo bo'ladigan artritdan ham bizni qattiq turib himoya qiladi. Qolaversa, olma yurak faoliyatini yaxshilaydi. Demak, yurak qon-tomir xastaligiga chalinganlar har kuni 1-2 tadan olma iste'mol qilishi tavsiya etiladi.
Olma ovqat hazm qilishda ham tengsiz hisoblanib, ich qotishiga barham beradi.
Dietologlar qandli diabet bilan og'riganlarga olmaning yashil turi, masalan, «semiryanka» iste'mol qilishni tavsiya qilishadi. Bu olma nordonsifat bo'lib, qondagi qand miqdorini me'yorda ushlab turadi. Turli zaharli moddalarni organizmdan haydab chiqarishda ham olmaning foydasi katta.
Darvoqe, ortiqcha vazndan azoblanayotganlar ham albatta olma iste'mol qilishlari kerak.