«Qalpoq» hajviy ko‘rsatuvi orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Rahmonali Suropov 29 noyabr kuni infarkt tashxisi bilan og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Jurnalist Nargiza Murodova aktyorning o‘g‘li Suxrob Fayzullayev bilan bog‘landi.
«Uch kun avval dadamni shahar 16-son kasalxonasiga yotqizdik. Ahvollari og‘ir edi. Hozir ham jonlantirish bo‘limida. Xalqimizdan haqlariga duo qilishlarini so‘rayman», — deydi Suxrob Fayzullayev.
Ayni damda aktyorning shogirdlari ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqqa murojaatnomalar yo‘llab, uning og‘ir xastalik bilan kurashayotgani hamda ustozlari haqqiga duoda bo‘lishlarini so‘rab post qoldirgan.