O'zge Yag'iz (Özge Yağız) - Qasam turk serialida Reyhan ro'lini ijro etgan aktrisaning hayoti haqida
Joylandi: 07.08.22 / 09:17
O'zge Yag'iz - 2016-yilda kino kar'erasini boshlagan va ko'plab tomoshabinlarni yuragidan joy egallay oladigan darajada unutilmas ko'rinishga ega turk aktrisasi. Uning birinchi debyutidan bir necha yil o'tgach, u o'z muvaffaqiyatini yanayam mustahkamlashga muvaffaq bo'ldi.
U 1997-yilning 10-aprelida Anqarada tug'ilgan. O'zge bolaligidanoq aktyorlik san'atiga o'z hissasini qo'shdi. Biroq, o'rta ta'limni o'qigach, Poytaxt aloqa akademiyasiga o'qishga kiradi. Ammo o'qish bilan birgalikda yaqinlarining maslahatlari bilan o'zi bolaligidanoq orzu qilgan kasbini o'rganish maqsadida "No 10 Studios" ga aktrisalik mahoratini egallash uchun boradi.
2019-yilda O'zgeni "Qasam" serialiga bosh rol uchun taklif etadilar. Serial voqealari Rayhon Hikmat og'aga bergan va'dasi atrofida aylanadi. Hikmatning o'g'li Amir rolini Gekberk Demirji ijro etgan. Ssenariyga ko'ra O'zge (Rayhon) Hikmatni hurmat qiladigan, juda kamtar va o'qimishli yetim qiz. Shuning uchun u Hikmatning o'g'liga turmushga chiqish taklifini qabul qiladi.
Filmografiyasi kam ekanligi qaramasdan, O'zgeni Turkiyada talabgir aktrisa emas deb ham bo'lmaydi. Lekin uning suratga tushgan seriallari juda uzoq davom etadi. Masalan "Siz qo'ng'iroq qilasiz" serial 365-qismda tugagan. "Qasam" serialining qachon tugashi ham hali noma'lum.
Aktrisa o'z faoliyatini boshlaganiga hali uncha ko'p bo'lmagani sababli u haqida ma'lumotlar juda oz. O'zgening bo'yi 1 metr 65 sm., vazni esa 53 kg. Uning yoshiga kelsak, kelasi yil 23ga to'ladi.
VKontakte, Twitter, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda aktrisaning shaxsiy sahifalari topilmadi. O'zge Yag'izning instagramdagi sahifasi 173000dan ortiq obunachiga ega. Aktrisa tez-tez ushbu sahifani yangi fotosuratlar bilan to'ldiradi va muxlislarning fikrlarini o'qiydi. Suhbatlardan birida O'zge Rayhon obrazi haqida gapirdi.
Birinchidan, u bu rolni o'ynashiga film rahbariyati qattiq ishongan, ammo O'zgening o'zi bir qarorga kelishi uchun ssenariyni ohirigacha o'qishiga to'g'ri kelgan. O'zge o'zi kumiri deb hisoblaydigan juda ko'p aktyorlar bor. Ammo shaxsiy hayoti uchun vaqti deyarli yo'q. Hatto oilasiga 5 daqiqa vaqt ajratish uchun qattiq harakat qiladi.
Do'stlari va yaqinlarining fikriga ko'ra juda qiyin vaziyatlardan chiqish uchun O'zge o'z tabassumidan foydalanadi. Uning uchun eng muhimi qalbning tozaligi va hotirjamligi!
Aktrisa film ko'rish yoki kitob o'qishni orasida film ko'rishni afzal ko'radi. U kino va Internet platformalarida filmlarni tomosha qiladi. O'zge, har ikki holatda ham ijobiy va salbiy tomonlari borligini aytadi. Uyda u choyni ko'proq sevadi, ishda esa — qahva. Taomlardan ko'ra shirinliklarni afzal ko'radi. U nafislikdan ko'ra qulaylikni sevadi.
"O'zge Yag'iz va uning yigitlari" kabi savolga kelsak, yuqorida aytilganlarning hammasini o'qib bo'lgach, vaqt yo'qligi sababli uning yigit do'sti yo'qligini taxmin qilish qiyin emas. Ba'zi tomoshabinlar Gokberk Demirji va O'zge Yag'izning uchrashib yurishlariga ishonishadi.
Ha, lekin faqat hamkasblar sifatida yig'inlarda xolos. Bu haqiqatni aktrisa shaxsan tasdiqladi. Biroq, O'zge ishonadiki agar siz insonni sevmasangiz, unga yaqinlasha olasiz!