Yangi Zelandiyaning RV Tangaroa tadqiqot kemasi olimlari Antarktika suvlarida jelesimon antiqa mavjudotni aniqlashdi. Ular topilmani The Secrets of Antarctica (Antarktika sirlari) hujjatli filmida ko‘rsatishgan.
Olimlar hanuzgacha chuqur suv ostida yashovchi yangi turdagi jonzotlarni aniqlashadi. Ular suv osti robotlari evaziga osonroq aniqlanmoqda.
Ta’kidlanishicha, jelesimon “o‘zga sayyoralik” 3,5 ming metr suv ostida yashaydi.
“Biz ularning qanchaligini, qay darajada tarqalganini bilmaymiz. Biroq men avval bunday narsani ko‘rmaganman”, deb aytgan filmda tadqiqot ishtirokchilaridan biri.