Kanadada ayol 1,5 km balandlikdan qulab, omon qoldi
Joylandi: 19.08.22 / 00:16
Kanadaning Kvebek shahrida yashovchi ayol 1,5 km balandlikdan tushib ketib, omon qoldi, deb xabar bermoqda Daryo.
Ayol parashyutdan sakrash bilan shug‘ullangan. Mashqlardan biri chog‘ida ayol parashyutining asosiy qubbasi ochilmay qolgan. Tajribali bo‘lishiga qaramay, sportchi zahira parashyutini ham ocha olmagan.
Ayol 5000 futdan ortiq balandlikdan (taxminan 1524 metr) o‘rmonli hududga qulagan. Uni bir nechta sinish jarohatlari (shu jumladan umurtqa pog‘onasi sinishi) bilan kasalxonaga yetkazishgan. Uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Mahalliy politsiya tekshiruv boshlagan. Baxtsiz hodisaga drap-zona ishchilarining e’tiborsizligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.