Rossiya bozorida o‘tgan 3 oyda eng mashhur xorijiy mashinalar ma’lum bo‘ldi
Joylandi: 01.09.22 / 00:23
«Avtostat» nashri Rossiyada yilning birinchi choragida mashhur bo‘lgan xorijiy avtomobillar reytingini tuzdi.
Reytingning birinchi pog‘onasini 22,3 ming dona sotilgan KIA Rio avtomobili egallagan.
Keyingi o‘rinni Koreyaning Hyundai kompaniyasiga qarashli ikki model egallagan: ulardan biri 16,8 ming dona sotilgan Creta krossoveri, ikkinchisi esa 14,2 ming dona sotilgan Solaris sedani bo‘ldi.
Reyting beshligini Volkswagen Polo sedani (11,8 ming dona) va Renault Duster krossoveri (8,3 ming dona) yakunlab bergan.
Yuqorida sanab o‘tilgan modellardan tashqari Rossiyada joriy yilning yanvar—mart oylarida eng ko‘p sotilgan avtomobillar top-10 taligiga Toyota Camry, Skoda Rapid, Renault Logan, KIA Sportage va Volkswagen Tiguan ham kiritilgan.