Jasur ishdan kech qaytdi. Kirib onasiga salom berdida, so‘riga yonboshladi. Ayoli Shohida ichkaridan ovqat va dasturxon ko‘tarib chiqdida: - Keling begim, charchamadingizmi? Kelishingizga siz yaxshi ko‘radigan manti tayyorladim, siz yeb turing, hozir man choy ham damlab kelaman, deya ichkariga kirib ketdi. Xalidan beri qovog‘idan qor yog‘ib o‘tirgan qaynona "paq” etib yorildi: -Shirin-shirin taomingni boshimga uramanmi, uni o‘rniga bittagina bola tug‘ib bersang bo‘lmaydimi, qo‘lingdan taomdan boshqa narsa kelmaydi, bittagina o‘g‘lim nahot endi befarzand o‘tsaya.... Jasur onasini diydiyosi yana boshlanganidan bir oz jahli chiqib: - Oyi, yana boshladingizmi o‘sha eski zapisni, bir kun tinchgina ovqatlana olmaymana, bu bechora ham Xudo emasku, o‘ziga bola yasab olsa. – Sen jim o‘tir, 2 yil bo‘ldiya, sen tengi uylanganlarni bolasi "dada” deyabdi, seni bo‘lsa ovunchog‘ing shu shirin ovqatlari, axir mani ham orzu havaslarim bor, man ham buvi bo‘lishni, nabiramni ko‘chada yetaklab yurishni hohlayman, deya onasi eski gaplarini takrorlay boshladi. – Nima qilaylik oyi, axir bormagan doktorimiz qolmadi, ayb menda ekanku, Alloh nasib qilgan kuni farzandli bo‘larmiz. Mana yangi davolanish kursi tugadi, doktorim, yaxshi natijaga umid bor deyabdi, sabr qilaylikchi.... - Eyyyyy sabr sabr deb ikki yildan beri mani qulog‘imga doston o‘qiysan, bu shumtumshug‘ing o‘zi qisir chiqdi. Bizni avlodda bundaqasi o‘tmagan, buningni zotini Xudo biladi, qanaqaligini, mana topib kelganing....xullas qat’iy gapim shu: Ajrashasan, agar ajrashmasang, mani sendek o‘g‘lim yo‘q, yo onam deysan yo shu tug‘ish baxtidan mahrum bo‘lgan baxtiqaroingni deysan. Jasur bu gaplarni birinchi marta eshitishi edi. Ilgari ajrashish haqidagi gaplar aytilmasdi. – Axir uni sevaman oyi, albatta sizga ham o‘g‘illik muhabbatim cheksiz, lekin u bechora ham shu uyda manu sizni deb yuribdi. O’zi ham kechalari ich ichidan eziladi, "shunday baxtli oilaga bitta farzand tug‘ib bera olmadim”, deb....ozgina sabr qilaylik.... - Sevgi, farzand bor joyda bo‘ladi, bolam, buni unutma, buning tug‘maydi, aftidan tug‘adiganga ham o‘xshamaydi. Ajrashasan vassalom.... Qo‘lida choy ko‘targan Shohida so‘riga yaqinlashar ekan, qaynonasini bu gaplari uni yurak yuragini tilka pora qildi. Ko‘zi jiqqa yoshga to‘lib, kelib choynakni qo‘ydida, yig‘lab xonasiga kirib ketdi. Bu xolat qaynonasini badtar asabini buzdi: - Voy bu kishimni jahl qilganlarini, avval mana bu yerga ikkita qorako‘zni chiqarib qo‘ying, keyin manga jahl qiling kelinposhsha....sizni yoshingizda man 3 ta tuqqandim... Bu mojarolar va nihoyat poyoniga yetdi. Ona o‘z maqsadiga erishdi. Jasur jonidan ham ortiq ko‘rgan Shohidasini ko‘p kunlik onasini janjallaridan keyin taloq qildi. Qonuniy nigohlarini ham ajratishdi. Ikkisi ham ikki tarafda juda qiynalishar, goh goh uchrashib turishardi. Lekin bu ham uzoqqa cho‘zilmadi. Jasurga onasi kelin qilibdi. Tezda to‘y qilib hali kelinni ketganiga bir oy bo‘lmay yangi kelinni to‘y qilib olib keldi. Bu xabarlar Shohidani qulog‘iga yetganda, o‘zini qo‘yarga joy topmay, rosa yig‘ladi. Yuragi behuzur bo‘lib... ikki kun yotdi, ahvoli yaxshilanmadi. Oyisi doktor chaqirdi. Doktor tekshirib ko‘rib: - Havotirga o‘rin yo‘q, qizingiz xomilador, ikki oylikga o‘tib qolibdi bolasi, deya chiqib ketdi. Shohida bu gapdan na xursand bo‘lishini va na hafa bo‘lishini bilmay goh kulimsirar, goh yig‘lardi...Asta qornini silar ekan: "Bolam, ozgina kechikdingda...ozgina kechikding” deya jim qoldi.... Aziz yoshlarimiz, ukalar va singillar! Farzand Allohning ne’mati, kimga erta kimga kech beradi, kimga ko‘p, kimga kam beradi, kimga o‘g‘il, kimga qiz va yana kimgadir har ikkalasidan beradi va yana kimnidir befarzand o‘tkazadi. Bu haqida Alloh Taolo Kitobida habar berib qo‘ygan. Chin so‘raganlarga, albatta ne’matlarini ayamaydi. Shoshqaloqlik qilmang, sabrli bo‘ling, sevib qurgan oilangiz buzilishiga bunchalar shoshilmang! Qaynonalarga ham aytadiganimiz: Farzandni kelin va kuyovni xohishi dunyoga keltirmaydi, kechikkan nabirangizni deb, ikki yoshni ha deganda chaqib qiynavermang, balki bu ham bir sinovdir, balki Alloh sabringizni sinayabdi. Barchamizga baxtli oila qurish, solih farzandlar ko‘rish nasib etsin...!