Aprelning o`rtalari kun tikkaga kelganda havo g`oyat isib ketdi. Qamaqxona darvozasi yonida ikkita mashina turardi. Mashinalardan sal berida eshikga ko`z tikkan besh, olti kishi to`p bo`lib kimnidur kutishardi. Nihoyat temir panjaralari birin-ketin ochib kutgan insonlari ko`rindi...
Temur qamoqdan chiqishiga, kutib olgani kelgan qo`ni-qo`shnilari, bir nechta yaqin jo`ralarini ko`rib, uyatdan yuzi qizardi. Ularni ko`ziga qarashga ham botina olmay, boshini ham qildi. Og`ir qadamlar bilan ular tomon yurdi.
Birinchi bo`lib keksa kampir uch, to`rt qadam oldinga siljib qarshisiga chiqdi.
Temur arang boshini ko`tarib kampirga qaradi.
- Assalom a`laykum, Nazira ena!
Kampir quchog`ini ochdi.
- Enang o`rgilsin bolam, - kampirni ko`ziga yosh quyuldi. Temurni yuzini ko`ksiga bosib, yelkalarini siladi. - Boshingni egma bolajonim!
Kampirdan so`ng boshqalar ham Temurni ko`nglini so`rashdi. Temur atrofga so`ng mashina ichiga ko`z tashladi. Diydoriga mushtoq inson yo`q.
Yaqin do`sti Akrom bilan quchoq ochib ko`rishar ekan:
- Singlim kelmadimi?! O`zi tuzukmi?
So`radi havotirlanib.
- Havotir olma, hechkim Ruhshonani yolg`izlatib qo`ymadi. Aytganimday ko`z qorachig`imday, asradim, himoya qildim. Chiqayotganingni eshitib, juda quvondi. Hozir, Ruhshona, Humora, qizlar bilan, kelishingni kutib uyingda o`tirishibdi!
- Rahmat jo`ra...
- Yo`q Temur, senga rahmat biz sendan juda qarzdormiz,
Do`sti Temurni yelkasiga qoqib qo`ydi...
Mashinaga o`tirib uyga qaytishar ekan. Temur ruldagi bashang kiyingan do`stiga havas bilan qaradi.
- Akrom do`stim eshitib hursand bo`ldim. Yaqinda uylanibsan, bir necha oy avval Humorani uzatibsizlar... - Temur hursundi. - To`yingda kuyov jo`ra bo`lish nasib etmadi. Hudo hohlasa o`g`illaring to`yida hazmatda bo`llish nasib etsin.
- Aytganing kelsin... Shundoq bo`lib qoldida jo`ra. Humorni uzatib onam, enam qiynalib yolg`izlanib qoldilar. Shunga meni to`yimniyam tezlatvorishdilar...
- Yaxshi bo`libdi... Uyog`dayam yangiliklarni eshib turdim. Uylanayotganingni eshitdim-u, lekin so`rashga hijolat bo`lgandim. Kilin kim bo`ldi?
Do`sti tirjayib qarab qo`ydi.
- Aziza... -o`zgacha bir ohang, huddi maqtanayotganday aytdi, bu sulv qizni ismini.
- Aziza?!
- Ha, Aziza... - Akrom qishloqni eng suluv qiziga uylandim deganday manoli qarab qo`ydi. - Ko`cha boshidagi taksist, Sherali akani qizi tanirdingu, sizlarnikiga singlingni yoniga kelib yurardi...
- Ha, u qizmi... - Temur yuragini kimdur changallab olganday, o`zini beyhol his qildi. Biroq do`stiga sezdirmadi. - Baxtli bo`lilar! -deb jilmaydi tilak bildirekan.
Mashina taxtalari omonat bo`lib qolgan, darvoza oldiga kelib to`xtadi. Tumur mshinadan tushdi. Avval o`zi katta bo`lib o`sgan ko`chaning u boshidan, bu boshigacha bir lahza qarob, ko`chasi havosida o`pkasini to`ldirib oldi. So`ng asta hovliga qadam qo`ydi. Hovliga kirgani hamoni 18 yashar judayam dilbar qiz yugurib kelib quchoqlab oldi. Hursandligidan yig`layotgan qizni, quchar ekan undan onasi rahmatlini bo`yini tuydi. Ko`zlari yumulib singlisini bag`riga bosdi.
- Go`zalim yagonam singiljonim...
- Mehribon, dardkashim akajonim, sizni juda sog`indim...
Aka singil bir-birini mehridan masrur, yonlaridagilarni ham unutib qo`ya yozishgandi.
Yana ikki ayolning salomi Temurni e`tiborini tortdi. Ikkivi ham yangi kelinchaklarday chiroyli kiyimlarda.
Birini yuzida Temurdan cheksiz minnaddorligi shundoq bilinib turar. Ikkinchisida qandaydur, uyalish, afsus hissini yashirayotganini sezish mumkun edi.
- Assalom a`laykum Temur aka.
- Va`alaykum Humora, yaxshimisan singlim. Tabriklayman baxtli bo`l...
- Rahmat Temur aka...
Temur do`stini singlisi bilan iliqqina salomlashdi.
- Assalom a`laykum, Temur aka yaxshi kelvozdizmi?
- Valaykum yaxshimisiz kelin...
Do`stini xotiniga esa e`tiborsiz, shunchaki salomlashib qo`yaqoldi...
Mehmonlar biroz o`tirib so`ng ketishdi. Aka singil yolg`iz qolishdi. Temur xovlini aylandi, uyni nuragan, zah yegan devorlariga bir-bir ko`z tashladi. Lekin shunga qaramay uy saramjon sarishta.
Supaga o`tirishdi, bir-birlariga jilmayib, mehirli nigohlarini uzmay qarashadi. Temurni nazarida singlisi ulg`ayib bo`yi yetib qolibdi. Biroq avvalgi singlisi emasday, qandaydur tashvishli. Lekin buni kulgusi ortiga yashirishga harakat qilyabdi. Ruhshonani nazarida esa, akasi o`sha o`sha. Oqarib ketganini hisobga olmasa...
- Mittivoy kotta qiz bo`lib ketibsan-u?
Kuladi.
- Akajon siz esa o`sha-o`sha!
- Qalaysan? qiynalib qolmadingmi?
Singlisi jilmayib bosh chayqadi.
- Qo`shnilar yolg`izlatib qo`ymadi.
- Kech tushganda qo`rqmadingmi?
Temur singlisi bolaligidan qorong`ulikdan qo`rqishini yaxshi biladi.
- Yo... -dedi, jilmayib, - Nazira enam har kuni chiqadilar, birga yotamiz. Qolaversa endi u qo`rqoq qiz emasman,
- Vooy sen-eee!
Temur ko`rsatkich barmog`i bilan singlisini burnini sal bosib erkalab qo`ydi. Ikkovlarini ham yuzlarida tabassum qotib, bir-birlarining diydorlariga to`ymay qarashdi.