ushladi.
- Temur aka, -dedi past titroq ovozda. - Men haligi...
Temur taqqa to`xtadi, hech nima demay Azizaga qarab qoldi. Aziza ko`zlarini yerdan uzmas, bir nimalar demoqchi bo`lar, biroq gap topolmasdi.
- Hozir Ruhshona chiqadi...
- Temur aka, men bilmabman. Hamma sizni ichvolib bezorilik qildi degandi... Men bilmabman...
- Hayotimda og`zimga aroq olmagan!..
- Bilardim. Keyin aslida nima bo`lganini. Bilganimda kech...
- Aziza menga izoh berishga majbur emassiz. Men sizni unutdim, bugundan boshqacha yashashga qaror qildim...
- Ahir men sizni see...
Temur Azizaga o`qraydi. Do`stiga tegib olib, yana sevgi haqida gapirayotgan beyvafoni so`zlari hamzatiga tegdi.
- Seni ko`rish tugul, sen haqingda o`ylashni ham istamayman. Iltimos boshqa bu xonadon eshigini hatlab ichkariga kirma. Ruhshona kerak bo`lsa chaqir, o`zi oldinga chiqadi, - Temur Azizani chimirilgan qoshlari, alamdan qiyilgan ko`zlariga bir nazar tashlab qo`ydi. - Sen birovni hasmisan. Bu gunohkor dunyoda gunohga botgan insonman. Endi sevgimiz haqida o`ylashga ham haqqimiz yo`q... - Temur alam bilan jilmaydi, - Nazira enamga rahmatimni ayting qo`ying kelin...
Temur shunday dediyu ortiga buruldi.
Supachaga yetganda Ruhshona oshxonadan bo`y ko`rsatdi.
- Aka chaqirgan kim ekan?
- Qara Nazira enam, issiq non bilan, ko`ksomsa berib yuboribdilar, - Temur supachaga yozilgan dasturxon ustiga qo`ydi. - Ovqating pishdimi?
- Mana xozir,
- Bay-bay-bayyy! - Temur oshxonadan kelayotgan ovqat isini xidladi. - O`zimni pazanda singlim!
Maqtab qo`ydi.
Aka-singil o`tirib yoshlikni, yaxshi kunlarni eslab kulishib nonushta qildi...
Mahalla oqsoqoli va enspektiri chaqirtirgan ekan. Temur ota-onasi qabri boshiga kelib, qaytar ekan ular yoniga kirdi. Ikkisi o`rtaga olib naq bir soat ichkilik oqibatlari haqida mazura o`qidi. Afsuski aslida nimalar sodir bo`lgani, Temur hayotida og`ziga aroq olmagan, bundan keyin ham olmasligini ular bilmaydi. Yana nasihat qilayotgan bu kimsalar har ikki gapda ``Ichmagingda!``
deyishi Temurga og`ir botadi yoqmaydi. Biroq tishini-tishiga bosib ``Meni foydam uchun gapiryabdi-yu!`` deb o`zini ishontirib, jim tinglaydi.
- Temur bekor yurmay biror ishni boshini tut! -deyishdi mahalla faollari.
Temur oqsoqol taklif qilgan ish o`rinlarini rat etib, o`zini eski ishlagan joyiga bordi. Afsuski bo`sh o`rin yo`q ekan. Tushga yaqin uyga qayti. Oqsoqolga yalingisi, qamalib chiqqani, yana qishloq odamlari nazlida ichvolib bezorilik qilgan yigit bo`lgani uchun, qishloqda ishlashni istamasdi...
Uyga qaytdi, garajda chang bosib yotgan dadasidan qolgan eski jigulida biror ish qilarman degan qarorga keldi. Mashina itarib hovliga olib chiqdi, changini artdi.
Shu kuni nimadur izlab xashakxonaga kirdi.
- Ruhshona... -baqirdi, - Hoy Ruhshonaaa!
- Labbay aka...
Yugurib chiqdi.
Temurni qo`lidagi bir bakalashka benzin va gugurtni unga ko`rsatdi.
- Hashakxonaga bularni sen olib kirdingmi?
- Men haligi...
Ruhshonani rangi o`chdi.
- Bu narsa juda hafli, yana yonida gugurt ham turibdi. Hudo ko`rsatmasin ot olib ketsa nima bo`ladi?
Ruhshona ko`zlarini jovdiratdi, boshini egdi.
- Men bilmabman... Haya anovi o`choq tagidagi o`tinga, sepib yoqmoqchi edim, esimdan chiqibdi...
- Aytdim-ku bu hafli tez o`t oladi. Yuzinga qaytarib urushi mumkun. Yaxshisi qog`oz, yoki hashakdan bir tutam tashlab yoqgin!
- Ho`p aka!
Balant ovozda tergaganidan, singlisini rangi oqarib ketgani ko`rib:
- Singlim seni urushmayabman. Shunchaki bu hafli ekanini tushuntiryabman, -Temur asta yaqinlashdi, -Shunga hafa bo`ldingmi?
- Yo aka...
- Unda bir jilmayginchi...
Ruhshona jilmaydidi. Ammo bu jilmayish omonat qurulgan kapga o`xshab bir necha sonyalik holosdi...