ko`z yoshlarini artib, o`rnidan turdi. Bu maktubni egasiga po`chta orqali jo`natish uchun xonadan chiqdi. Azta zinadan pastki qavatga tushar ekan, eshik oldida taqqa to`xtadi. Qarshisida ikkita jamadan ko`targan. O`ziga yarashgan mo`ylov qo`yib olgan yigit turar. Bu insonni ko`rmaganiga naq besh yil bo`lgan. Asta bir birlariga yaqinlashdi.
- Assalom a`laykum.
- Va`alayku assalom! -dedi Aziz.
Ular bir-birlariga uzoq termulib turdi. Bu 5 yil ularni o`n yilga qaritganday. Sochlariga oq oralagan, bu oq sochlar muhabbat istiroblaridan darak berib turardi.
Zamira qo`lidagi maktubni Azizga uzatdi. Aziz huddi nozik tuyg`uni qo`l bilan ushlaganday, bu maktubni avaylab qo`liga oldi. Asta ochib maktubni ichidagi qog`ozni qo`liga oldi.
``Assalom a`laykum Aziz aka. Mana so`ngi maktubimni qoralayabman. Avvalgi 999 ta maktubga sizdan javob kutib yashadim. Bu so`ngi maktubim endi sizdan javob kutmayman. Sizni ortiq bezovta qilmayman.
Haligacha uylanmay yurganizni, bilaman. Ortiq azob chekmang.
O`ZINGIZGA MOSINI TOPIB BAXTLI BO`LING.
HURMAT BILAN SIZNI ZAMIRANGIZ...``
Aziz maktubni o`qib bo`lgach. Zamiraga jilmayib qaradi, so`ng oyog`i ostidagi chamadonlardan birini ochdi. Zamira chamadon ichidagi avaylab asiralgan maktublarni ko`rib yig`lab yubordi. Aziz 1000 chi maktubni chamadonga joylagach, qo`llarini ikki yonga keng ochdi.
- O`zimga mosimni topdim. O`zimni Zamiram...
Zamira quvoncha ko`z yoshlarini tiya olmay. O`zini Azizni quchog`iga tashladi...