ilgarigi ko'knorixo'r qariyani uchratdi. Qariya bu safar unga uzoq tikilib o'tirmadi. Hatto, ko'knorisini bir chetga surib qo'yib, astoydil gap boshladi:
— Ha, bolam, bu safar nega yolg'izsan?.. Shishadoshing qani?..
— To'g'ri qilasan arazlab, bolam, to'g'ri qilasan… Aytmaganmidim, vatanni sotma!.. Vatan-a, vatan!.. deb, bolam… O'zbekni ketmonidan qo'ymasin… Yaxshisi, qishlog'ingga borgin-da, onasi o'pmaganiga uylan!.. Ana o'sha shishangni sindirmaydi… Bechorachilikni bo'yningga oli-ib tinchgina yashayver, bolam!.. — Shu tobda qariya Umrzoqning ko'zlariga xuddi farishtadek ko'rinib ketdi. U bu odamning ko'ksiga boshini qo'yib boladek erkalangisi, butun hasratlarini yolg'iz ungagina to'kib solgisi keldi. Biroq, baxtga qarshi, poezd Qo'qonga yaqinlasha boshlagan edi.