Zinama-Zina Parxezi orqali ozishni amalga oshiramiz
Joylandi: 04.04.22 / 23:43
«Zinama-zina» parhezi yangi usullardan bo`lib, uning yordamida atigi 5 kun ichida 8 kilogrammgacha ozishingiz mumkin. Natija esa uzoq saqlanadi. Buning ustiga parhezning sog`liqqa aslo zarari yo`q, aksincha uni yaxshilaydi.
1-kun «TOZALOVChI» bosqich
Bu muhim va foydali bosqichda organizm toksin va shlaklardan tozalanadi. Bonus sifatida esa birinchi bosqichdayoq 1-2 kg. ozishingiz mumkin.
Bir kun davomida 1 kg. olma eng, 1 litrdan ko`proq suv iching va faol ko`mirdan 4-6 ta, 1 donadan har 2 soatda iching.
2-kun «TIKLOVChI» bosqich
Oshqozon-ichak faoliyatini tiklab, to`g`ri ozishga zamin yaratadi.
Kun davomida 1 litr yog`siz kefir iching va 600 gr. tvorog eng. Va albatta, ko`proq gazlanmagan suv iching.
3-kun «KUChGA TO`LDIRUVChI» bosqich
Eng shirin va yoqimli bosqich. Bunda siz birinchi, ikkinchi bosqichlarda yo`qotgan zaxiradagi energiyalarni tiklab olasiz. Hattoki bunday «shirin» kunda ham 0,5-1 kg.ozishingiz mumkin.
Kun davomida 2 osh qoshiq asal, 300 gr. mayiz iste`mol qiling. Quruq mevalardan tayyorlangan shakarsiz (fruktoza bilan almashtirsangiz bo`ladi) sharbat iching.
4-kun «QURUVChI» bosqich
Uning vazifasi mushaklarga tegmagan holda yog` to`qimalarini eritishdir. Organizmga oqsillarning faol kirib kelishi qayta qurilishishlariga yordam beradi. Axir ozish va parhez organizm uchun kutilmagan hodisa-ku! Qurilish bosqichida 700 gr. dan xalos bo`lasiz.
Kun davomida yoki qaynatilgan, yoki bug`da pishirilgan tovuq go`shtini eng. Suv ichishni esingizdan chiqarmang.
5-kun «YoG`LAR ERUVChI» bosqich
Mana, oxirgi bosqichga ham etib keldik. Maqsadimizga erishishimizga 1-2.5 kg. gina halaqit berayapti. Hech qisi yo`q bu muammodan ham qutulamiz. Bu kun siz o`zingizga yangi mevalardan, xom sabzavotlardan va 200 gr. suvda qaynatilgan suli yormasi (ovsyanka)dan bayram stoli bezating-da, chiroyli qomat egasiga aylanganingizdan g`ururlaning!