Rahbaringizga yoqmoqchimisiz? 11 maslahatga amal qiling
Joylandi: 05.05.22 / 08:56
*.Yoqimli odam bo`ling! Xunuk so`zlardan, qo`pol harakatlardan va boshqa xatolardan xalos bo`ling. Laganbardorga aylanishga hojat yo`q.
*.Sizning o`rningizni hech kim bosolmasin! Eng muhim loyihalar ustida ishlang, sizni boshqalardan ajratib turadigan ishlarni o`rganing. Qo`shimcha malaka hech kimga zarar qilmaydi.
*.Xo`jayin uchun muhim narsa siz uchun ham muhim.Rahbaringiz uchun muhim hamma narsani o`zingiz uchun ham muhim deb biling. U bilan ish haqida suhbatlashing, fikrini biling. Biroq ular sizniki bilan bir xil bo`lishi shart emas.
*.Uni xabardor qilib turing! Rahbaringizga goh-gohida ko`rinib, bo`layotgan ishlardan boxabar eting. Yaxshisi qilingan ishlar haqida muntazam ravishda hisobot taqdim eting.
*.Muammoni rahbarga etkazmay, hal qiling. Bunga erishishning eng yaxshi yo`li — ish jurnali tutib, hamma ishlaringizni yozib borish. Shundan so`ng ularga rahbariyat nazari bilan baho berish kerak.
*.Xatolaringiz uchun uzr so`rashga tayyor turing. Hamma adashadi, siz ham istisno emassiz. Agar shunday bo`lgan bo`lsa, uzr so`rashga tayyor turing.
*.Hurmat qozoning. Ya`ni, mehnat qiling, ofisdagi g`iybatlar va bekorchi gap sotishlarga aralmashmang, xolis tanqidni qabul qiling. Agar siz o`zingizni hurmat qilib, ranjitishlariga yo`l qo`ymasangiz, rahbariyat ham xuddi shunday qiladi.
*.O`zingizni band ko`rsatish san`atini egallang. Ba`zan oldinda bo`lish uchun ozgina ayyorlik ishlatishga ham to`g`ri keladi. Aldamang, shunchaki boshliqqa band odamligingizni, doim qandaydir ish bilan shug`ullanishingizni bildirishingiz kerak.
*.To`g`ri munosabatda bo`ling. Xo`jayinga aynan nima kerakligini aniqlang. Unga moslashmang, eshitishni istagan gapini gapirmang. Chaqimchilik qilmang.
*.Ishni 100% bajaring. Rahbar bilan o`rtangizdagi munosabat ish sifatiga ta`sir qilmasligiga ahamiyat bering.
*.Shaxsiy hayotingizga suqilishiga yo`l qo`ymang! Ishni uyga olib kelmang, atrofdagi odamlardan ishdagi alamingizni olmang.