Yangi kelgan xodimning
kollektivga o‘rganib ketishi
ko‘pincha uning o‘ziga bog‘liq.
Bu yerda professional
xislatlardan tashqari, shaxsiy
fazilatlar muhimroq o‘rin tutadi.
Keltirilgan bir nechta
maslahatlarimiz sizga yangi ish
joyingizga tezda moslashib
olishingizda yordam beradi.
1. Tabassum qiling!
Yangi insonlar bilan
tanishganingizda va ular bilan
muloqot chog‘ida har doim
tabassumda bo‘lishga harakat
qiling. Munosabatga ochiq
bo‘ling. Agar barcha
hamkasblaringizning ismlarini
eslab qololmasangiz, buning
hech ham qo‘rqinchli joyi yo‘q.
Muhimi har biri bilan do‘stona
munosabatda bo‘ling.
2. Do‘stona aloqa o‘rnating
Yangi ish joyiga kelganda, imkon
boricha boshqa xodimlar bilan
do‘stona aloqa o‘rnatishga
harakat qiling. Bunga Siz ularga
savollar berish, kompliment
qilish orqali erishishingiz
mumkin. Yangi hamkasblaringiz
egnida bo‘lgan kiyimlarni
chiroyliligini va qaerdan
olganligiga, ularning bo‘sh
vaqtini qanday o‘tkazishi va
xobbilari haqida savollar bering.
Berilgan javoblarni eslab
qolishga harakat qiling, bu
keyingi suhbatlarni davom
ettirish uchun sizga oz qotadi.
3. Kuzatuvchan bo‘ling!
Yangi hamkasblaringizning
hayotlari bilan qiziqing. Boshqa
hamkasblaringiz haqida so‘rang.
Kim bilan do‘st bo‘lish, kim bilan
esa bahslashish yaxshilikka olib
kelmasligi haqida bilib oling.
Chiroyli eshitilmasa ham mish-
mishlardan xabardor bo‘lib
boring, chunki bu Sizning
foydangizga ishlashi mumkin.
Yangi xabarlar Sizga kollektivda
o‘z o‘rningizni topishga xizmat
qiladi. Biroq hamkasblaringizni
muhokama qilishdan saqlaning.
4. Tashabbuskor bo‘ling!
Hammani ishdan keyin
qaergadir taklif qiling (muzda
uchishga, kinoga, kafega –
qaerda bemalol muloqot qilish
imkoni bo‘lsa o‘sha joyni
tanlang). E’tibor bering, agar
Sizning bo‘limingizdagi
hamkasblaringiz tushlikka
qaergadir bormoqchi bo‘lishsa,
Siz ham ular bilan birga
borishingizni ayting. Buni
qilishdan uyalmang, har doim
insonlar uchun yangi xodim
bilan muloqot qilish qiziq bo‘ladi.
5. Jamoa a’zosi bo‘ling.
Jim yurmang, miyaga kelgan
qiziq fikrlaringiz haqida
bo‘lishing. Ko‘plar yangi joy va
yangi jamoat oldida noto‘g‘ri
gapirib qo‘yishdan qo‘rqishadi.
Siz bunday bo‘lmang, aslida hech
nima yo‘qotmaysiz! O’ylab
ko‘ring, balki siz aytgan fikr
ko‘plarga ma’qul bo‘lar.
Agar Sizga hech kim e’tibor
bermagan bo‘lsa, fikringiz hech
kimga yoqmagan bo‘lsa,
tabassumingizga esa ahamiyat
ham berishmagan bo‘lishsa ham
xavotir olmang. Shunchaki Sizga
hali ko‘nikishga ulgurishmagan.
Bir necha kundan so‘ng,
o‘zingizni yana ko‘rsating, Sizni
baholashadi va albatta hurmat
qilishni boshlashadi. Esda tuting,
har qanday sharoitda ham ish
joyida ijobiy kayfiyatda yurish
har doim yordam beradi.