Men u paytlari yosh edim. Singlim atigi 15 yosh edi. U maktabda 8-sinfda o'qir edi. Men nomard esa....
O'sha kuni o'qishdan ertaroq keldim. Uyimiz 8-qavat edi. Liftda chiqar ekanman negadir hayajonlanib o'zimni ter bosardi. Huddiki, nimadir sodir bo'ladiganday...
Uyga kirdim. Uyda hech kim yo'q edi. Singlimning qo'shiq hirgoyi qilayotgani qulog'imga chalindi. U mening xonamda qaysidir qo'shiqni aytib nimadir qilardi. Eshikdan mo'raladim. Singlim oyna oldida oynaga nimalardir yozar edi. Men jahlim chiqib, o'zimni boshqara olmay
- Nima qilyapsan? - deb baqirganim yodimda. singlim bir qalqib tushdida, o'zini boshqara olmay pastga quladi...
4-kun. Bugun singlimning so'nggi manziliga kuzatgach ilk bor o'z xonamga kirdim. Singlim tushib ketgan derazadan pastga qaradim. So'ng oynaga qaradim. Oynada singlim mening tug'ilgan kunimga atab rasm chizishni boshlaganini ko'rdim-u ustimdan muzday suv quyganday vaziyatda qoldim. Farishta singlim mening tug'ilgan kunim uchun oynaga rasm chizayotgan ekan. Afsus, men nomardning tug'ilgan kunimga singlimning rasmi oxirgi sovg'asi bo'ldi.
Azizlar, kimgadir nimadir deyishdan oldin albatta, avval o'ylab ko'rib. keyin muomalada bo'ling! Zero, sizga yaxshilik qilmoqchi bo'lganlarga bilib-bilmay yomonlikni ravo ko'rib qo'ymang...