Oyoq-qo‘llar uvishishi jiddiy xastalikdan darak hisoblanarkan…
Joylandi: 02.08.22 / 23:02
Ko‘pchiligimiz hayotda bunday vaziyatlarni tez-tez boshdan o‘tkazib turamiz. Masalan, bir joyda uzoq turib, yoki o‘tirib qolsak, oyoq yoki qo‘llar uvishganiga guvoh bo‘lamiz. Aksariyat odamlar o‘rnidan qo‘zg‘alishi bilan uvishish jarayoni yo‘qqa chiqadi. Lekin ko‘pchilikda uvishgan oyoq-qo‘l uzoq vaqtdan keyingina o‘ziga keladi.
Olimlarning aytishicha, bu tomirlarda qon aylanish jarayoni izdan chiqishi natijasida paydo bo‘ladi. Odam o‘rnidan qo‘zg‘alsa, tomirlarda qon yana ilgarigidek bemalol aylanib, uvishish o‘tib ketadi.
Afsuski, buning boshqa bir xavfli jihati ham bor ekan. Olimlar oyoq-qo‘l uvishishi jiddiy xastalikdan darak ekanini o‘z tadqiqotlarida tekshiruvdan o‘tkazishdi va kerakli xulosalar chiqarishdi. Agar odamning oyoq-qo‘li tez-tez uvishib qolaversa, u bo‘yin osteoxondrozi yoki sklerozning o‘ta xavfli turiga yo‘liqishi mumkin ekan. Shu sababli bunday insonlar darhol vrach ko‘rigidan o‘tib, mutaxassis tavsiya etadigan muolajalarni boshlashi zarur ekan.