Habib Nurmagomedov 2020 yilning eng yaxshi sportchilari ro‘yxatida ikkinchi
Joylandi: 08.08.22 / 23:54
«The International Business Times» jurnali 2020 yilning eng yaxshi 10 ta sportchisi reytingini e’lon qildi.
Birinchi o‘ringa «Los-Anjeles Leykers» basketbolchisi Lebron Jeyms sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov reytingdagi ikkinchi o‘rinni egalladi. Rossiyalik sportchi bu yil bitta jang o‘tkazdi. U amerikalik Jastin Getjini mag‘lub etdi. Jangdan so‘ng u UFCdan ketishini e’lon qildi. U MMAda 29 marta g‘alaba qozongan va biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan.
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri kuchli uchlikdan joy oldi — u WBC talqiniga ko‘ra jahon chempioni kamariga egalik qiladi.
Kuchli o‘nlikka ikkita tennischi kiritilgan: Rafael Nadal (to‘rtinchi) va Naomi Osaka (to‘qqizinchi). Basketbolchi Entoni Devis — beshinchi, poygachi Lyuis Xemilton — oltinchi, futbolchi Garri Keyn — yettinchi, amerikalik futbolchi Patrik Maomes — sakkizinchi o‘rinni egalladi. Bokschi Teofimo Lopes kuchli o‘nlikka yakun yasab berdi.