Afsonalar bahsi davom etadimi? Xolifild Taysonni ringga chorlamoqda
Joylandi: 08.08.22 / 23:57
Super og‘ir va birinchi og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Evander Xolifild og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempion Mayk Taysonni yana ringga chorlamoqda.
Aytish joizki, ayni paytda Evander Xolifild 58 yoshda, Mayk Tayson esa undan to‘rt yosh kichkina.
«Bu jang global voqea bo‘ladi. Chunki hamma bizning o‘rtamizdagi bahsni ko‘rishni istaydi», deydi Xolifild.
Sportchining ta’kidlashicha, ushbu bellashuv o‘tkazilmasligiga jiddiy sabablar yo‘q. Faqat Tayson rozi bo‘lsa bo‘ldi.
Professional faoliyati davomida Tayson va Xolifild ringda ikki marta to‘qnash kelgan. 1996 yilgi bahsda Xolifild g‘alaba qozongan. 1997 yilgi bellashuvda esa Tayson Xolifildning qulog‘ini tishlab olgani uchun diskvalifikatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Tayson to‘rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni kichik Roy Jons bilan ko‘rgazmali jang o‘tkazdi. Bahsda g‘olib nomi aniqlanmadi.