Dunyoga mashhur bo‘lgan Italiyadagi moviy ko‘l g‘oyib bo‘ldi
Joylandi: 23.08.22 / 23:53
Italiya Alplarida shoirlar tomonidan madh etilgan Moviy ko‘l yoki Lago Azzurro g‘oyib bo‘ldi. Buni ko‘l suratlarini olishga qaror qilgan fotograf Marko Puleze payqadi va bu haqda Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi Daryo.uz nashri.
Fotograf taqqoslash uchun 2017 va 2018 yillardagi suratlarni sahifasiga joyladi. Hozirda Lago Azzurro ko‘lida umuman suv qolmagan, uning tubida esa faqat loy izlarini ko‘rish «Kimdir bu haqda hali o‘ylamayotgan bo‘lsa, suvni bekorga sarflamaslik haqida bosh qotirishni boshlash kerakdir», — deb yozdi Marko Puleze.
2005 va 2006 yillarda ham Moviy ko‘l qurib qolgan edi. 2007 yilning yozida uni sun’iy to‘ldirish bo‘yicha birinchi operatsiyadan so‘ng ko‘l tabiiy yo‘l bilan to‘la boshlagan edi. Endi Lago Azzurro’ni yana qutqarish kerak ko‘rinadi.