Vafodor it o‘n yil o‘tib sobiq egasini yo‘qlab keldi
Joylandi: 27.08.22 / 23:23
AQShning Pensilvaniya shtatida yashovchi Syurveldlar oilasining Ebbi laqabli iti o‘n yil oldin yo‘qolib qolgan edi. Shu haftaning boshida o‘sha it bir vaqtlar yashagan uyiga yaqin hududda paydo bo‘lib qoldi.
Vafodor jonivor o‘z egalarini izlab kelgan hoynahoy, deb yozadi O‘zA WCPO kanali tarqatgan xabarga asoslanib.
Mahalliy yordam ko‘rsatish markazi Ebbining bo‘yin tasmasidagi mikrochipdan uning Syurveldlar oilasiga tegishli ekanligini aniqlagan.
- Ebbi ko‘rinishidan sog‘lom, uni shuncha yil davomida kimdir yaxshilab parvarish qilgan, - deydi Syurveldlar oilasi a’zolari.
Eng qizig‘i, Ebbi hali ham sobiq egalarining buyruqlarini yodidan chiqarmagan ekan.
Ebbining uyga qaytishi oilaga katta quvonch olib keldi. Farzandlariga bolalik xotiralarini eslatgan jonivordan oila bekasi Debra Syurveld juda minnatdor.