Lada uch mamlakatga asosiy e’tiborni qaratadi. Ulardan biri O‘zbekiston
Joylandi: 01.09.22 / 00:25
Lada O‘zbekistonda brend rivojlanishi uchun juda katta salohiyat ko‘rmoqda. Bu haqda “AvtoVAZ” sotuv va marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Yan Ptachek ma’lum qildi, deya xabar beradi Spot.
Ptachekka ko‘ra, kompaniya Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqqa eksportni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Biroq birinchi galda MDH davlatlari, xususan, Qozog‘iston, Belarus va O‘zbekistonga e’tibor qaratiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Lada avtomobillari sotuvi 2018-yilda 357 foizga oshdi, mamlakat “AvtoVAZ” uchun asosiy eksport bozorlaridan biriga aylandi.