Ko‘p pul topishga nima xalaqit qiladi va buni qanday to‘g‘rilash mumkin?
zarur bo‘lsa, detallar va tashqi belgilarni mavhumlashtirishga, ya’ni ularga ko‘z yumishga harakat qiling. Siz uchun qaysi jihatlar eng muhimligini aniqlab olib, faqat ularga diqqatingizni qarating. Oldindan ro‘yxat tuzib olishingiz ham mumkin. Masalan, yaxshi ish sifatlari sanog‘i: maosh, mansab o‘sishi, ijtimoiy o‘rin. Yoki do‘konga borish oldidan ortiqcha sarflab qo‘ymaslik uchun xaridlar ro‘yxatini tuzish. Shunda asosiy narsaga e’tiborni qaratish va mayda narsalardan diqqatni olib qochish imkoniyati ortadi.