Bahor...
Butun olam qishgi uyqudan uyg'onmoqda. Daraxtlar yashil tusga kirib, u yon, bu yonda boychechaklar sarg'ayib, ko'rinib qolgan.
Erta tong. Xonam oynasidan tushayotgan quyosh nurlari yuzimga tushib, biroz asabimga tegardi. Shu ahvolda 5 daqiqalar yotdimmi, yo'qmi, o'rnimdan so'kinibgina turdim... Uyqudan uyg'ongisi kelmagan ko'zlarimni, ishqalar ekanman, bir qandaydir yoqimli his bilan, xonam ichra shimimni qidirardim. Bir amallab topib, bir oyog'imni o'tkizib, ikkinchisini ko'tarar ekanman, kechagi bayram ta'siri ketmaganigami, muozanatni yo'qotib, gilam ustiga GUURS!!! etib yiqildim... Tepamda asta qimmilayotgan qandilga qarab yotardim. Miyyamga birinchi kelgan fikr, "shu qandil to'g'ri betimga tushib ketsaya" deya, o'rnimdan sapchib turdim. Hovliga chiqar ekanman soatga bir qarab qo'ydim. Vaqt hali erta 5:45lar, baxoriy shabbodaga etim bir jimirladi. Hovlini o'rtasidagi supaga yetib borib, o'tirib oldim. Atrofga bir alanglab, uydagilar yo'qligiga amin bo'ldim. Demak, hamma qishloqga to'yga ketibdi deb o'zimcha fikr qildim. Kistamdagi sigaretni olib, o'zimcha burishib tutatdim. Birinchi tutunga tiqilib, quruqgina yo'taldim. Sigaret ohirlar ekan, kechagi mastlik bir zumga qaytdi. Har doimgidek echkiga o'xshab, "boshqa ichmayman" deb qasam ichib, aroqni va uni chiqarganlarni obdon so'kib chiqdim. Hovli chetidagi kiranni suvini chiqarib, cho'lda suvsiz bir hafta qolib ketgan odamdek, tiqila, tiqila suv ichdim. Sovuqqina suvga boshimni bo'ktirdim. Kayfim tarqatib, zanglab, chirib qolgan mixdan sochiqni olib, yuzimni artdim. Oshxonaga o'tib, muzlatgichni ochdim, hech narsa yo'qligidan xunob bo'lib, mashinani minib, mahalladagi magazinga yo'l oldim... Yo'lda u, bu kishiga signal chalgan odam bo'lib, ul-bul olib qaytdim. Kechagi mastligim oqibatida to'zib ketgan xonamni yig'ishtirgan odam bo'ldimda, oshxonga chiqdim. O'zimcha skavarodkaga moyni quyib, gazga qo'ydim. Kartoshkani archib, kalbasa bilan birga tugradim. Allaqachon tutayotgan moyga tashlagan kartoshkamdan moy sachrab qolimga to'kilar ekan, "eee kallanga s***" deb, beihtiyor so'kinib yubordim. Jaxl bilan kartoshkani qovurar ekanman...
- Sojida opa!?
deb, chaqirgan ovozga,
- Nimaaaa!?!
deb, javob berdim. Qorqib ketganimgami, yoki o'zi shundaqami duduqlanib salom bergan qizni ovozi eshitildi. Gazni o'chirib tashqariga chiqdim. Bo'ylari uzun, qorachadan kelgan bo'lsa ham juda chiroyli va istarali, uzun, qora sochli qiz turardi...
- Assalomalekum! Bemavrid keldimmi deyman?
- ha, yog'e... Jaxlim chiqib turgandi, baqirib yubordim, uzur. Keling? Oyim kerakmidilar?
- Sojida opa oyizmilar?
- ha, adam bo'medilaru har holda...
deb, kulib yubordim. Bir oz xijolatlanib kuldida... Yuziga yana jiddiylik tortibgina,
- biz 1 hafta oldin, mahallelarga ko'chib kegandik. Ayamlar, Sojida opa bilan maktabda o'qigan ekanlar... Shunga Sojida opani mehmonga chaqirgani keludim...
deya gapini tugatdi... Unga oyim qishloga ketudilar, 3, 4 kunlarda qaytsalar kerak deb tushundirib jo'natdim... Ketgandan keyin oshxonaga qaytib, chala pishgan ovqatimni likopchaga solar ekanman, "nega bu qizni hech ko'rmabman... qayerlik ekan? Esim qursina a, jinnimanda, ismini ham so'ramadim... g'irt to'nkamanda" degan fikrlarni bir miyyamdan o'tkazdim. O'zimcha ovqatlangan odam bo'ldimda, ishga borib kelay deb ust-boshimni almashtirib, yo'lga chiqdim. Uyimizdan chamasi 7 ta uy nariroqda, kimdir ko'cha supurardi. Kimligiga qiziqib, mashinani astalatib yonidan o'tdim. Ne ajab haligi qiz. Meni ko'rdi-yu, bir tabassum hadya etdi. Mahalladan chiqib, katta yo'lda ketar ekanman, o'zimcha nimadandir sevinardim... Boyagi qizni eslab, tirjayib ketardim. Mana ishxonaga ham yetib keldim. Yana shu, eski hammom, eski toz. Kecha ham manashu tekin tomoqlar bilan ichgandim. Ishimiz undaqa zo'r emasdi, mikrokredit bankda bugalter edim. Ozroq qog'oz titgandek bo'ldim, bir amallab tushlik bo'ldi. sherigimga mazam yo'qligini, o'rnimga bir amallab turishini iltimos qilib, uyga qaytdim. Soat 14:30 lar edi chamasi. Yana ovqat qilamanmi deb, uff tortdimda supada bir oz cho'zilib yotdim. Qorin baribir ustunlik qildi, erinibgina o'rnimdan turib, mashina tomon yurar ekanman, darvoza taqqilagandek bo'ldi. Boshib eshikni ochsam, boyagi qo'shni qiz.