chiroylisan.
-qayoqda? Nahotki? Durdona hayron bo'lib qoshlarini chimirdi, keyim o'z savolidan o'zi uyaldi shekil, boshini egdi.
-ha, juda chiroylisiz...
-Iyi nega sizlayapsiz?
-o'zim ham xayronman, tilim o'zimga bo'ysunmay qoldi. Kecha uchrashganimiz esingdami? Xuddi shu joyda tiqilib qolmen deb qo'rqitib yuborgan eding, o'shandayoq hayron qolgan edim. Siz... Sen o'zgarib ketibsan.
-siz ham dedi sekingina Durdona.
-yo'q, men o'sha-o'shaman.
-men ham.
Shoxrux uning bu gapini o'zicha tushindi.
"o'psam-chi?" xayol qildi.
"o'psam indamasmikin?" u sekin qizning qo'lidan ushlab to'xtatdi.
Qiz ham to'xtab unga o'girildi.
-bilasanmi? Negadir yuragim g'alati hisiyotlar og'ushida qoldi. Nazarimda men... Men sevib qoldim. Eshityapsanmi? Sevib qoldim.
Durdona unga tikildi. Shu payt yigitcha uning chap yuzidan Cho'lp etib o'pib oldi.
-nima qilyapsiz? - qiz shunday dedi-da, bir siltanib qo'lini bo'shatdi va bilagi bn ko'zlarini yashirdi. Shoxrux qo'rqib ketdi. " Ketib qolsa-ya" lekin qiz ketmadi. Faqat bir-ikki qadam undan uzoqlashib to'xtadi.
-yaxshi emas... Sevishmasdan turib shunday qilib bo'ladimi?
-bo'ladi, shunday deb yana uning qo'lidan ushladi. Qiz tisarildi.
-to'xtang, Durdona, to'xtang! Gaplarim rost, hazilashmadim. Birinchi marta shunday qilishim. Yaxshi ko'raman sizni, eshityapsizmi? Yaxshi ko'raman.
Qiz nima qilishni bilmasdi. U bunchalik tez shu gaplarni eshitishni kutmagan, shunday bo'ladi deb o'ylamagandi. Shoxrux uning jim turganini ko'rib, yelkasiga qo'lini qo'ydi. Issiq, yoqimli nafasi dimog'iga urildi.
-nega indamaysan? Yoki yigiting bormi? Uyalma aytaver!
Qiz jim edi. U boyagidek o'zini olib qochmas, qimirlamasdi. Birdan u titray boshladi, keyin qiynalib yutindi. Yigit xavotirlanib unga qaradi. Uning ko'zlari jiqqa yosh.
-nima bo'ldi, Durdona? Xafa qilib qo'ydimi?
Qiz boshini tebratdi.
-unda nega yig'layapsan?
-O'zim shunday... Qachon ketasiz?
-bilmayman, atigi 3 kun qolmoqchidim, nimaydi?
- Ketmang!
-Shoxrux sevinchi ichiga sig'may uni bag'riga bosdi.