Cheksiz miqdorda qayta ishlash mumkin bo‘lgan plastik kashf qilindi
Joylandi: 30.04.2018, 20:30
Qayta ishlashdagi murakkablik — plastikning asosiy muammosi hisoblanadi. U deyarli parchalanmaydi, daryo va dengizlarni ifloslantiradi, tirik organizmlarda to‘planib qoladi. Amerikalik olimlar mazkur muammoga yechim topdi, debxabar beradi«Xabar» nashri.Ular deyarli cheksiz miqdorda polimerlash va depolimerlash xususiyatiga ega plastikni olishgamuvaffaq bo‘ldi. Yangi birikmaga monomer sifatida gamma-butirolakton molekulasidan foydalanilgan. Polimerlash jarayoni alohida sharoitlarni talab etmaydi: reaksiya xona haroratidava minimal miqdordagi katalizatorlar ishtirokida amalga oshadi.Mutaxassislarning ta’kidlashicha,yangi material plastikning zamonaviy turlariga mos keladi. Uning o‘ziga xos jihati — ko‘p marotaba qayta ishlash imkoniyatiga ega ekanligi. Material osonlikda 120 daraja Selsiyda parchalanadi. Shu bilan birga olingan monomerlardan yana plastik yaratishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 155 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]