Amerika Eronni yadro quroli ishlab chiqarishga oid arxivni barchadan sir tutganlikda...
Joylandi: 01.05.2018, 21:41
Shu haqda Amerika davlat kotibi Mayk Pompeo alohida to'xtalib o'tdi. Uning gapiga qaraganda, Eron hukumati uzoq yillardan beri yadro quroli ishlab chiqarish texnologiyalari arxivini dunyo ahlidan sir tutgan holda bekitiqcha ish tutib kelgan. Pompeoning ayblovini Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham tasdiqladi.
— Isroil razvedkasida Eronga tegishli yadro quroli ishlab chiqarish texnologiyalariga oid arxiv masalasida aniq ma'lumotlar bor, — dedi u. — Eron dunyo ahli, jumladan MAGATE dan bekitiqcha yadro quroli ishlab chiqishda davom etgan va hozir ham shunday. Arxiv esa Tehrondagi o'ta maxfiy manzilda saqlanmoqda…
Eron bu ayblovlarga hozircha aytarli munosabat bildirgani yo'q. Demak, ushbu mavzudagi bahs va janjallar hali davom etadi.
korrespondent. net
hordiq.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 131 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]