Avval xabar berilgandik, kecha, 1-may sanasida “Real” “Bavariya”ni ikki o‘yin natijasiga ortda qoldirib (2:2, 2:1) Yevropa Chempionlar Ligasining 2017/18-yilgi mavsum finaliga chiqdi.
Foto: Twitter / @realmadrid
Shu tariqa 2016-yilning 4-yanvaridan boshlab madridliklar bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan Zinedin Zidan YeChLda 9 ta pley-off o‘yinining birortasida mag‘lub bo‘lmadi.
45 yoshli fransuz 2 yil ichida (2016, 2017) 2 marta YeChL g‘olibligini qo‘lga kiritdi va uchinchisi uchun katta qadam tashladi. Zidan – “Real” tarixida jamoani Chempionlar Ligasi/Kubogi musobaqasi finaliga 3 marta olib chiqqan birinchi mutaxassis bo‘ldi.
Jamoa qatorasiga besh marta Chempionlar Kubogi (o‘sh vaqtda musobaqa shunday nom bilan yuritilgan) g‘olibligini qo‘lga kiritgan yillarda (1956, 1957, 1958, 1959, 1960) jamoani uchta turli murabbiy boshqargan edi.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 182 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]