IShID jangarilarining Bag‘doddagi hujumi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi
Joylandi: 02.05.2018, 13:07
Bag‘dod shahri chekka qismida 1-may, seshanba kuni IShID terrorchilik guruhi jangarilarining hujumi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, yana to‘qqiz kishi jarohat oldi. Bu haqda Al Arabia telekanali ma’lum qildi, deb yozadi“TASS”.
Foto: “Vesti”
Qurolli hujum Iroq poytaxti shimolidagi Et-Tarmiyada amalga oshirilgan. Aholi punkti bir necha kun avval kuch tuzilmalari bilan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida ekstremistlar nazorati ostiga o‘tgan.
Hozirgi paytda halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumot taxminiy xarakterga ega. Jangarilar hujumi qurbonlari asosan tinch aholi vakillari ekanligi ta’kidlanmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 136 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]