Sherali Jo‘rayevning ma’muri Samarqanddagi konsertning qoldirilishi sabablariga izoh berdi
Joylandi: 04.05.2018, 23:39
3-may kuni “Daryo” orqali Sherali Jo‘rayevning Samarqandda 3-may kuni o‘tishi kerak bo‘lgan konserti qoldirilgani haqida xabar berilgan edi. Bugun, 4-may kuni xonandaning ma’muri G‘ayrat Shokirov bilan bog‘lanib, mazkur holatga aniqlik kiritdik.
G‘ayrat Shokirovning “Daryo” saytiga ma’lum qilishicha, konsert dasturi tadbir tashkilotchilari hisoblanmish “Al Rasul Sado” tomonidan konsertni o‘tkazish bo‘yicha qo‘yilgan talablar to‘liq amalga oshirilmagani va texnik yetishmochiliklar sabab ularning iltimosiga ko‘ra qoldirilgan.
“Biz xalqimizning sevimli hofizi Sherali Jo‘rayev samarqandlik muxlislar uchun jonli ijroda ajoyib konsert dasturini rejalashtirgan edik. Uzoq kutilgan dasturni chiroyli tarzda o‘tkazishimiz uchun katta tayyorgarlik ham ko‘rdik. Ammo tashkilotchilarning iltimosiga ko‘ra, konsert o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning tayyor emasligi sababli konsert qoldirildi. Rejaga ko‘ra to‘rtta yangi dastur asosida Samarqandda konsert berishni maqsad qilganmiz. Nasib qilsa 28-iyunda Samarqandda ustoz xonanda ijrosida ajoyib konsert o‘tkaziladi”, — deydi hofizning ma’muri.
Eslatib o‘tamiz, 3-may sanasida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan konsert dasturidagi chiptalar 28-iyunda bo‘ladigan konsertga kirish uchun ham amal qilinishini konsert tashkilotchilari muxlislarga bildirgan.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 195 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]