Shveysariyaning Mabetex Group kompaniyasi Toshkentda besh yulduzli mehmonxona quradi
Joylandi: 05.05.2018, 15:07
Toshkent shahar hokimligida Shveysariyaning Mabetex Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdihokimlik axborot xizmati.
Tomonlar o‘zaro muloqot chog‘ida Toshkent shahrida bunyod etilayotgan va kelgusida rejalashtirilayotgan yangi loyihalar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Xususan, Toshkent shahar hokimining taklifini ma’qullab delegatsiya rahbari Afrim Pokolli bir yarim oy muddatda ming tomoshabinga mo‘ljallangan ko‘p funksiyali konsert zali hamda besh yulduzlik mehmonxona loyihasini tashqi va ichki ko‘rinishi mujassam bo‘lgan taqdimotini o‘tkazishga va’da berdi.
Shveysariyaning Mabetex Group kompaniyasi 1990-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirgacha dunyoning 16 ta rivojlangan mamlakatlarida o‘z loyihalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Kompaniyaning asosiy ish tartibida katta–katta inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, arxetektura qo‘llanmalarini joriy qilish va ular ustida ishlashdan iborat. Mabetex Group kompaniyasi Olmaota shahridagi Ostona opera teatrini ham o‘z loyihalari asosida qurgan.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 267 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]