Mashhur aktyor va sportchi Jeki Chan nima uchun bittagina qizini uydan haydab soldi?.
Joylandi: 05.05.2018, 21:34
Gongkonglik aktyor Jeki Chan o‘zining o‘tkir syujetli filmlari, superqahramonlar obrazlarini ajoyib tarzda yarata olishi natijasida millionlab muxlislar orttirgan. Aktyorning bittagina qizi Etta
U Chjolin esa yaqinda otasi uni uydan haydab solganini aytib xafa bo‘ldi. Ha, haqiqatan Jeki Chan uni uydan haydab yubordi. Sababi, u kechirilmas xatoga yo‘l qo‘ydi. Shunday mashhur va millionlar suyuklisini sharmanda qildi. Ochiq aytadigan bo‘lsak, qizi «lesbiyanka» chiqib qoldi. Aniqroq tushuntirilsa, Chjolin erkakka emas, ayolga turmushga chiqishni ma’qul ko‘rarkan. Ya’ni, bir jinsli munosabatlar tarafdori ekan. Shu odati ustun kelib qiz kanadalik model qiz Endi Otom bilan uchrashib yurarkan. Kelgusida nikohdan o‘tishga
qaror qilishganmish. — Biz bir oydan beri Otom bilan ko‘priklar ostida
tunayapmiz, — dedi Chjolin. — Hamma qarindoshlardan yordam so‘radik. Hech kim yordam bermadi. Yordam berish uyoqda tursin, qayrilib ham qarashmadi… Shu gaplarining o‘zi Chjolin xudo urgan bandaga aylanib bo‘lganini ko‘rsatib turibdi. Ayni vaqtda hatto, nasroniylar, butparastlar ham Jeki Changa sabr tilab, Chjolinni qarg‘ashdan tiyila olishmayapti.
Manba: Hordiq.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 187 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]