Qiziltepada Lacetti olib beraman deb 80 mln so‘mni “yeb yuborgan” shaxs ushlandi
Joylandi: 05.05.2018, 22:29
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida mashina olib beraman deb, ko‘p miqdordagi pulni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqdaO‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etishlaricha, 2017 yil mart oyida Qiziltepa tumanining So‘fiyon mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan O.M. uyi oldida jabrlanuvchi — B.T.ga xususiy korxonaga tegishli Lacetti’ni olib berishini va’da berib, undan 80 million so‘m pul olgan.
“Pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan O.M. hozirgi vaqtda ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deyiladi IIV axborotida.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 191 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]