Ikki fransuz migrantlarni qutqarish uchun samolyot sotib oldi
Joylandi: 06.05.2018, 14:14
Fransiyalik ikki uchuvchi O‘rta yer dengizida falokatga uchragan migrantlarni qutqarish uchun 130 ming yevro evaziga kichik samolyot xarid qildi.
Monde nashrining yozishicha, Colibri samolyotining xaridori uchuvchilar – 49 yoshli Joze Benavan va 35 yoshli Benua Mikolon bo‘ldi. Ular Pilotes volontaires nohukumat tashkilotining asoschilaridir.
Benava va Mikolon yaqin kunlarda Tripolidan 50 km uzoqlikdagi migrantlar eng ko‘p halokatga uchraydigan hududda navbatchilik qilishni boshlaydi.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotiga qaraganda, 2017 yilda O‘rta yer dengizi orqali 170 ming kishi Yevropaga keldi. Bir necha ming kishi esa yo‘lda halok bo‘ldi.
Manba: Azon.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 168 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]