O‘zbekiston fuqarosi avtomobil yukxonasida Qirg‘izistonga kirib olishga urindi
Joylandi: 07.05.2018, 22:20
Qirg‘izistondagi «Ak-Kiya- avtodorojnыy» nazorat o‘tkazish punkti chegarachilari qirg‘izistonlik shaxsni qo‘lga olishdi. U qirg‘iz-o‘zbek chegarasi orqali O‘zbekiston fuqarosini noqonuniy tarzda olib o‘tishga uringan.
Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarosining Hyundai Starex avtomobili yukxonasi ko‘zdan kechirilganida O‘zbekiston fuqarosi aniqlangan, u pasport nazoratidan o‘tmagan holda Qirg‘iziston hududiga kirishga uringan.
So‘roq chog‘ida ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarosida davlat chegarasini kesib o‘tish uchun hujjatlar bo‘lmagan.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 192 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]