Xitoylik teleboshlovchiga 13,5 mln dollarlik jarima solindi
Joylandi: 08.05.2018, 09:59
Xitoy mutasaddi idoralari fond birjalari haqidagi ommaviy ko‘rsatuv boshlovchisi Lyao Insyanni bozordagi firibgarliklari uchun 13,56 mln dollarlik jarimaga tortdi. Bu haqda Xitoyning qimmatbaho qog‘ozlar ustidan nazorat qo‘mitasining xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qildi.
Teleboshlovchi Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali 2015 yil martidan noyabrigacha obunachilariga unga maqbul aksiyalarni sotib olishni tavsiya qilgan. Aksiyalar narxi oshganda u o‘z aksiyalarini sotuvga qo‘ygan va shu tariqa daromad olgan.
Qo‘mita Insyanning 6,7 mln dollar miqdoridagi noqonuniy daromadini musodara qilgan. Teleboshlovchiga boshqa yana qandaydir jazo berilishi noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 225 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]