Foto: «NV.ua»
«DP World Cargospeed» va «Virgin Hyperloop One» kompaniyasi yuklarni tashishga mo‘ljallangan tezkor «Hyperloop» kapsula-poyezdini qurishga kelishib oldi. Taxminlarga ko‘ra, yangi kapsulaning tezligi soatiga 966 kilometrga teng bo‘ladi, deb xabar berdi«Xabar.uz».
«Hyperloop» kapsulalari yordamida yuklarni tashish tizimi Dubay portidan boshqa shaharlarga tovarlarni yetkazib berish qiymati va muddatini qisqartirishga xizmat qilishi kerak. «DP World Cargospeed» vakillarining ta’kidlashicha, ular «yuklarni parvoz tezligida, biroq avtomobil narxida biroz qimmatroqqa yetkazib berishlariga» ishonch bildirmoqda.
«Virgin Hyperloop One» vakili Rob Lloydning ma’lum qilishicha, to‘rt kun davomida yuk mashinasida tashilgan tovarlar 16 soatda manziliga etiladi. Xarajatlar esa 50 foizga kamayadi. Tizim 2025 yilga borib o‘z ishini boshlaydi.
«Hyperloop» — bu 2012—2014 yillarda amerikalik milliarder Elon Mask tomonidan taklif etilgan vakuum poyezdi loyihasi. Ushbu loyihaga ko‘ra, poyezdlar germetik truba orqali soatiga 1220 kilometr tezlikda harakatlanadi.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 241 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]