O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Prezidenti Joko Vidodoga va do‘st Indoneziya xalqiga Surabaya shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deb xabar beradiTIV matbuot xizmati.
Foto: AP
“Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlarga esa qisqa muddatda sog‘ayishlarini tiladi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 13-may kuni Indoneziyaning Surabaya shahrida yuz bergan portlashlar oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 188 | Joyladi: Maks2
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]