Shavkat Mirziyoyev Britaniyaning Amerika va Yevropa masalalari bo‘yicha vaziri bilan uchrashdi
Joylandi: 15.05.2018, 18:30
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi, Yevropa va Amerika masalalari bo‘yicha vaziri ser Alan Dunkan bilan uchrashdi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.
Foto: Twitter / @SirAlanDuncan
“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvimiz iliq va do‘stona ruhda o‘tdi. Britaniya hukumati O‘zbekistonning islohotlar yo‘li va rivojlanish bosqichlarini qo‘llab-quvvatlashi bildirildi”, — deyiladi Alan Dunkanning Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning taklifiga binoan 15-may kuni rasmiy tashrif bilan AQShga jo‘nab ketgan edi.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 284 | Joyladi: Maks2
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]