Avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berish taklif qilinmoqda
Joylandi: 15.05.2018, 18:38
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida xususiy transport vositalarining oynalarini qisman qoraytirishga ruxsat berish taklifi ilgari surildi.
Murojaatchining fikricha, O‘zbekiston issiq iqlimli mamlakat bo‘lgani uchun orqa o‘rindiqda o‘tirgan bolalarga dim va issiq havo salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, quyosh nuridan ham zararlanishlari ehtimoldan xoli emas. Ayniqsa, mashina oynasiga parda tutish ham taqiqlangan bir paytda, deyiladi murojaatnomada.
Muallif xorij tajribasini o‘rgangan holda avtomobilning old oynalarini qoraytirishni pulli qilib, davlatga qo‘shimcha soliq to‘lashni taklif etmoqda. Bunda old oynasi qoraytiriladigan avtomashinalar ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 182 | Joyladi: Maks2
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]