Andijonda yo‘l talashgan ikki haydovchining janjali pichoqbozlikka aylandi…
Joylandi: 15.05.2018, 21:20
Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida istiqomat qiluvchi K. P o‘zining «Matiz» rusumli avtomobilida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Mustaqillik» ko‘chasi bo‘ylab ketayotib «Lada» avtomobili egasi T. O. ga yo‘l bo‘shatmagani uchun o‘rtada janjal chiqdi. Natijada T. O qo‘liga pichoq oldi-yu, K. P. ning ko‘krak qafasi qismiga jiddiy tig‘ jarohati yetkazdi.
Garchi jabrlanuvchiga o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, u kasalxonada vafot etdi.
Hozirgi vaqtda T. O. militsiya xodimlari tarafidan qo‘lga olingan. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 204 | Joyladi: Maks2
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]