Melanya Tramp AQShda O‘zbekiston birinchi xonimiga hamrohlik qila olmasligi mumkin
Joylandi: 15.05.2018, 21:28
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 16-17 may kunlari AQShga rasmiy tashrif bilan uchib ketgani haqida xabar bergan edik.
Tashrif doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda O‘zbekiston birinchi xonimiga AQSh Prezidentining rafiqasi Melanya Tramp hamrohlik qila olmaydi.
Melanya Tramp buyragidagi muammo tufayli shifoxonaga yotqizilgan va operatsiya qilingan. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu haqda Prezident Tramp o‘zining «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Melanya hozir o‘zini juda tetik his etmoqda, kayfiyati ham yaxshi. Tramp yaxshi tilaklar uchun barchaga minnatdorlik bildirgan.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 220 | Joyladi: Maks2
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]