Foto: IIV axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi xabar berishicha, Bosh boshqarma Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘limi va Davlat veterinariya qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda respublikamizda epizotik osoyishtalikni va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, odamlar va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklarning oldini olish maqsadida maxsus reydlar o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu bo‘lim va uning quyi tizimlari tomonidan respublika miqyosida yilning o‘tgan davri mobaynida 9034 marotaba maxsus nazorat tadbiri tashkil etilgan bo‘lib, shundan 5115 marotaba bozorlarda, 811 marotaba mol bozorlarida va 3108 marotaba boshqa joylarda o‘tkazildi. Natijada 4211 nafar huquqbuzar aniqlanib, ularga nisbatan 247 mln 905 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Iste’molga yaroqsizligi uchun 17 ming 177 kg. go‘sht mahsulotlari, 25 ming 183 kg. sut va sut mahsulotlari, 87 ming 404 kg. boshqa turdagi mahsulotlar to‘xtatib qolindi.
Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan 19ta karantin postida shu kunga qadar 13 ming 584ta transport vositasi tekshirildi. 930ta ma’muriy huquqbuzarlik holati aniqlanib, ularga nisbatan 43 mln 737 ming so‘m miqdorida jarimalar belgilandi.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 316 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]