Shavkat Mirziyoyev ertaga Buxoro va Navoiy viloyatlariga boradi
Joylandi: 18.04.2018, 22:14
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 aprel kuni Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov rasmiy sahifasida xabar bergan.
Davlat rahbari Buxoroda «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi hamkorligida qurilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida ishtirok etadi.
«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan jahon bozorida xaridorgir kimyo mahsulotlari ishlab chiqaradigan uchta zavod barpo etilmoqda. Prezident Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu zavodlar qurilishining borishi bilan tanishadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident shu yilning fevral oyida ham Buxoroda bo‘lib, joylarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan, viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkazgandi.
Manba:zamin.uz
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 153 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]