Suvda cho‘kmaydigan, simsiz quvvatlanadigan smartfon taqdim qilindi
Joylandi: 18.05.2018, 04:06
«VKworld» kompaniyasi yangi himoyalangan «VK7000» smartfonini taqdim etdi. Smartfonning o‘ziga xos jihati u ichiga suv va chang kirishidan mutlaq himoyalangan, deb xabar beradi«Xabar» nashri.
Shuningdek, ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, mazkur qurilma suvda cho‘kmas ekan. Bundan tashqari smartfonga keng sig‘imli akkumulyator, ikkitalik kamera, yuzni skanerlash va simsiz quvvatlantirish funksiyasi o‘rnatilgan.
«VKworld VK7000» maxsus himoya g‘ilofiga egaligi sabab suvda cho‘kmaydi. Smartfon IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan, bu esa unga bir metr chuqurlikdagi suv ostida tura olish imkoniyatini taqdim etadi.
Smartfonga 5,2 dyuymli HD-displey, «MediaTek MT6750T» protsessori, 4 gigabayt tezkor xotira, 64 gigabayt ichki xotira, 16 va 5 megapikselli ikkitalik kamera o‘rnatilgan. Frontal kamerasi esa 13 megapiksellga teng. Akkumulyator sig‘imi 5 600 mA/soatni tashkil etadi.
Ayni vaqtda «VKworld VK7000»ni 149 dollar evaziga xarid qilish mumkin.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 229 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]