O‘zbekiston — yil kashfiyoti! Xalqaro mukofot muborak!
Joylandi: 19.04.2018, 16:41
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi 15-19 aprel kunlari Global tadbirkorlik tarmog‘i (GTT) doirasida Istanbul shahri (Turkiya)da o‘tkazilayotgan Global tadbirkorlik kongressida ishtirok etmoqda. Mazkur kongressda 170 ta davlatdan 2000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.
Mazkur tadbirdagi «Compass awards» (GTT dagi faol davlatlarni taqdirlash marosimi)da O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni inobatga olib, «O‘zbekiston — yil kashfiyoti» nominatsiyasi bo‘yicha 170 ta davlat orasida taqdirlandi. Tadbirda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan odilona islohotlar e’tirof etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengash raisining birinchi o‘rinbosari Odilxon Tojiyev, Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiyatsiyasi kuzatuv kengashi raisi Hikmat Abdurahmonov Global tadbirkorlik tarmog‘i prezidenti Jonatan Ortmans bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda GTT bilan O‘zbekiston keng qamrovli hamkorlik olib borishga kelishib olindi hamda O‘zbekistonning GTTga rasman a’zoligini mustahkamlovchi memorandum imzolandi.
Unga ko‘ra, xalqaro maydonlardan foydalanish, startaplarni, biznesni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro darajadagi yirik tadbirkorlar tomonidan yosh tadbirkorlarimizga mahorat darslarini o‘tkazish, yurtimizda tadbirkorlik ekosistemasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish kabi masalalarda muntazam hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Kongressda Global tadbirkorlik tarmog‘ining O‘zbekistondagi vakili etib Hikmat Abdurahmonov qayta saylandi.
Do'stlaringizga ulashing
Ko'rildi: 141 | Joyladi: DENTER
Bildirilgan izohlar
Barcha izohlar: 0
Izoh qoldirish uchun saytga foydalanuvchi sifatida tashrif buyuring. [ Ro'yhatdan o'tish | Kirish ]